"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zining matbuot anjumanida kayfiyati yaxshi va hazillashishga tayyor edi.

Yakshanba kuni "shaharliklar" APL doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

"Do'stim Artetaga aytmoqchiman: agar u Premer-liga chempionligini qo'lga kiritsa, bu ular ko'p pul sarflaganlari uchun bo'ladi, u va uning futbolchilari qattiq mehnat qilgani uchun emas.

Xuddi shu narsa "Liverpul"ga ham tegishli. Agar Slot yana Premer-ligada g'alaba qozonsa, bu juda ko'p pul sarflagani uchun bo'ladi. To'g'rimi? Bu shunchaki "Manchester Siti" emas, to'g'rimi?", – deya hazil qildi Pep.