Gvardiola - "Manchester Siti"ning 18 yoshli debyutanti haqida: "U ajoyib o'ynadi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Divayn Mukasaning asosiy jamoadagi debyutida ko'rsatgan o'yiniga baho berdi.
Yosh futbolchi "shaharliklar" safida Liga kubogi doirasida "Haddersfild Taun"ga qarshi bahsda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. 18-daqiqada yangi futbolchi Fil Fodenning goliga assistentlik qildi.
"Divayn ajoyib o'ynadi. U chiziqlar oralig'ida, hujumchi pozitsiyasida nihoyatda yaxshi harakat qiladi, uning hissiyoti juda kuchli. Bugun u 2-3ta gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Xtra.
"Manchester Siti" Liga kubogining 1/8 finalida "Suonsi"ga qarshi bahs olib boradi.