"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Jon Stouns jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Stouns yana jarohat oldi, ammo u yana qancha vaqt safdan chiqishini bilmayman", - deya ispaniyalikning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

31 yoshli futbolchi shanba kuni Premer-ligada "Sanderlend"ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida "shaharliklar"ning g'alabasi bilan yakunlangan o'yinni o'tkazib yubordi.