"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni sotib olish g'oyasini qo'llab-quvvatladi.

"Shaharliklar" ganalikning transferiga yaqin turibdi, bu haqda seshanba kuni ma'lum bo'ldi. Insayder Fabritsio Romanoning yangi ma'lumotiga ko'ra, muhokamada Gvardiola faol ishtirok etgan. Ispaniyalik mutaxassis dastlab sport direktori Ugu Viana tomonidan ilgari surilgan 25 yoshli futbolchini sotib olish g'oyasini ma'qulladi.

Antuan Semeno transferi "Manchester Siti"ga qariyb 75 mln evroga tushadi. Kelishuv 10 yanvargacha amalga oshirilishi kerak - aynan shu vaqtgacha o'yinchini ko'rsatilgan summaga sotib olish imkonini beruvchi tovon puli bandi amal qiladi.