Gvardiola «Manchester Siti»da qoladiganga o'xshaydi: Klub yozda uchta transferni amalga oshiradi

«Manchester Siti»da ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola jamoa boshqaruvida kamida 2027 yilning o'rtalarigacha qolishiga ishonishmoqda. Shu munosabat bilan «shaharliklar» murabbiy uchun yangi futbolchilarni sotib olishga qaror qilishdi.
«The I paper» nashri xabariga ko'ra, Manchester klubi kelayotgan yozda Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Maykl Kayode («Brentford») va Givayro Rid («Feyenoord»)ni o'z safiga qo'shib olishni niyat qilgan.
Premer-liganing 24 turidan so'ng Gvardiola shogirdlari 47 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi va peshqadam «Arsenal»dan olti ochkoga ortda qolmoqdalar. «Shaharliklar» navbatdagi o'yinni safarda «Liverpul»ga qarshi o'tkazadilar.