Pep Gvardiola APLda Manchester derbisida murabbiy sifatida 10-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Bugun ispaniyalik murabbiy qo'l ostidagi "Manchester Siti" APL 4-turida "MYu"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).

Gvardiola Manchester derbisida 10 ta g'alabaga erishgan APL tarixidagi 3-murabbiyga aylandi. Ungacha faqat Mett Basbi (15 ta g'alaba) va ser Aleks Fergyuson (20 ta g'alaba) bunga erishgan.