Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola ispaniyalik yarim himoyachi Rodrining ahvoli haqida fikr bildirdi.

«Rodri Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida a'lo darajada o'ynaydi. Kelasi mavsumda u eng yaxshi futbolchiga aylanadi.

Bu mavsumda uning muvaffaqiyati jarohatdan keyingi reabilitatsiyani qanday bosqichma-bosqich o'tishiga bog'liq. Bu tabiiy holat. Yil davomida u ko'p vaqtini massaj stolida o'tkazdi. Tana o'zgaradi, tiklanish sur'ati ham o'zgaradi...», - dedi ispaniyalik murabbiy.

2025/26 yilgi mavsumda Rodri jamoa uchun oltita o'yinda ishtirok etdi, ammo golli harakatlar ko'rsata olmadi. Transfermarkt portali uning qiymatini 110 million evroga baholamoqda.