"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida kelajagi haqida gapirdi.

"Keyingi mavsumda qolamanmi? Men bunga bir necha marta javob berganman. Hozir shu erdaman. Keyin nima bo'ladi, bilmayman.

Futbolda narsalar juda tez o'zgaradi. Hozir men "Vest Xem"ga qarshi o'yinga e'tibor qaratyapman. Kun tartibidagi keyingi vazifa - otam bilan golf o'yini. Bo'ldi", dedi Gvardiola jurnalistlarga.