Gvardiola: "Jamoa kuchayib borayotganini sezsangiz, har doim yoqimli"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul"ning joriy mavsumdagi qiyinchiliklari haqidagi savolga javob berdi.
"Qizillar" yozgi transfer oynasida yangi xaridlar uchun ko'p pul sarfladilar, ammo hozircha qiynalmoqda.
"Liverpul"ning muammolari? Men u klubda ishlamasligim uchun baho bera olmayman. "Manchester Siti"dagi shunga o'xshash vaziyatga kelsak, biz ko'plab o'yinchilarni xarid qilgan mavsumimizda 100 ochko olganmiz va Premer-ligada g'olib chiqqanmiz.
Avvaliga oson bo'lmadi, lekin jamoa kuchayib borayotganini sezsangiz, har doim yoqimli", - dedi Gvardiola.