«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rayan Sherkini Premer-liganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzod sifatida qarash kerakmi-yo'qmi, degan savolga javob berdi.

«Tinchlaning. Xotirjam bo'ling. U hali juda yosh... Iltimos, Sherkiga maqtovlarni kamaytiring», — dedi Gvardiola «Arsenal» bilan o'yindan so'ng.

Angliya Premer-ligasining 33-turidan o'rin olgan uchrashuv «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollardan biriga aynan Sherki mualliflik qildi.

Joriy mavsumda 22 yoshli frantsuz barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bor ishg'ol etdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.