"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda.

Xosep Gvardiola jamoasi "Arsenal"dan olti ochko ortda qolmoqda. "Siti" murabbiyi vaziyatni baholadi.

"Hozircha farq kichik. Ammo "Arsenal" qanday o'ynayotganini hisobga olsak, olti ochko juda ko'p. Bizni har yili kuchayib borayotgan "Fulxem"ga qarshi o'yin kutmoqda. Shunday ekan, ko'ramiz", dedi Gvardiola matbuot anjumanida.