Gvardiola: «Hatto qolgan barcha o'yinlarda yutqazsak ham, jamoamning kuchiga shubha qilmayman»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsumning qanday yakunlanishidan qat'i nazar, jamoasining saviyasi haqidagi fikri o'zgarmasligini ma'lum qildi.
«Agar hozir menga qolgan oltita o'yinning barchasida mag'lub bo'lamiz desangiz ham — umid qilamanki, bunday bo'lmaydi — jamoam baribir kuchli bo'lib qolaveradi. Hech narsa o'zgarmaydi.
Agar siz sovrinlar uchun kurashning final bosqichigacha etib kelgan bo'lsangiz, demak, haqiqatan ham ajoyib mavsumni o'tkazgansiz. Hech narsa mening fikrimni o'zgartira olmaydi...» — deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.