Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Arsenal»ga qarshi kechgan bahsdagi (2:1) Janluiji Donnarummaning xatosi haqida gapirdi.
O'yinning 18-daqiqasida, Rayan Sherki gol urganidan ikki daqiqa ham o'tmasdan, Donnarumma Mateush Nuneshning autdan tashlagan to'pini tepib yuborishga harakat qildi. To'p jarima maydonchasi burchagida darvozabonga bosim uyushtirayotgan Kay Xaverttsning oyog'iga tegib, darvoza to'ridan joy oldi.
«Husanov blokda yaxshiroq o'ynashi va Xaverttsga qarshi tajovuzkorroq harakat qilishi kerak edi. Ammo menga jamoaning reaktsiyasi yoqdi — ular Donnarummani qo'llab-quvvatlashdi.
Jamoa gol o'tkazib yuborganidan keyin futbolchilar bir-biridan noliy boshlashini ko'rsam, bu menga yoqmaydi», — dedi Gvardiola.