Yaqinda "Manchester Siti" safiga markaziy himoyachi Mark Gexi kelib qo'shildi. Futbolchi shanba kuni "shaharliklar" safida debyut qilishi kutilmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida aytib o'tdi.

- Mark Gexi ertaga "Manchester Siti" safida debyut qiladimi?

- Ha. Bu juda yaxshi transfer, chunki u markaziy himoyachi. Haqiqatan ham yaxshi darajada.

- Mateus Nunes bilan Niko Gonsales qanday holatda?

- Nunesda virus bor, shuning uchun shifokorlar nima deyishini ko'rish kerak. Niko esa tarkibda bo'lmaydi, deb o'ylayman.

24 yanvar, shanba kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.