«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola vinger Jeremi Dokuning «g'olib futbolchi»ga aylanganining siri nimada ekani haqidagi savolga javob berdi.

«Har doim murabbiy! Agar futbolchilar yaxshi o'ynashsa — bu murabbiyning xizmati, agar yomon o'ynashsa — o'zlari aybdor», — deya Gvardiola o'z fikrini hazil bilan boshladi.

«Men juda xursandman. Futbolchilar oldinga qadam tashlashsa, vinger nafaqat raqibni yakkama-yakka vaziyatda aldab o'tishi, balki gollar urishi, o'yinga ta'sir o'tkazishi va himoyada ham ishlashi kerakligini his qilishsa, bundan faqat quvonaman. Doku bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatdi», — dedi «shaharliklar» ustozi.

Shanba, 9 may kuni «Manchester Siti» Premer-liga doirasida o'z maydonida «Brentford»ga qarshi bahs olib boradi.