Yakshanba kuni «Manchester Siti» finalda «Arsenal»ni (2:0) mag'lub etib, Angliya Liga kubogi sohibiga aylandi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «kanonirlar»ni Evropaning ayni damdagi eng kuchli uchta jamoasidan biri deb hisoblashini tan oldi.

«Arsenal», «Bavariya» va ehtimol «Barselona» — ayni damda Evropaning eng yaxshi jamoalari hisoblanadi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Gvardiola tilga olgan ushbu uchta jamoaning barchasi Chempionlar ligasining 1/4 finalida ishtirok etadi. «Manchester Siti» esa eng nufuzli evrokubokdagi ishtirokini allaqachon yakunlagan — ular 1/8 finalda Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berishgan edi.