"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi haqidagi savolga javob berdi.

"Shaharliklar" yana 1/8 finalda "Real Madrid" bilan to'qnash kelishadi.

"Chempionlar Ligasi juda qiyin turnir. Har bir jamoa... Menga istalgan jamoani ayting - ularning barchasining o'z kuchli tomonlari bor. Agar siz bu musobaqada uzoqqa bormoqchi bo'lsangiz, eng yaxshilarni mag'lub etishingiz kerak.

Aks holda, chempionlikka loyiq emassiz", dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.