"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning braziliyalik darvozaboni Edersonning kelajagi haqida gapirdi.

«Yozgi transferlar oynasi hali ochiq. U yopilgandan keyingina aniq javob berish mumkin. Kelajakda nima bo'lishi hozircha noma'lum», - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ederson "shaharliklar" safida asosiy tarkibdagi o'rnidan ayrildi. Joriy mavsumda "Manchester Siti" darvozasini Jeyms Trafford qo'riqlamoqda.

APL 2-turi doirasida Gvardiola shogirdlari o'z maydonida Londonning "Tottenxem" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.