"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola darvozabon Janluiji Donnarummaning kuchli tomonlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Italiyalik futbolchi “shaharliklar” safida 7 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol o'tkazib yubordi va 4 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Ba'zi odamlarga moslashish uchun ko'p vaqt kerak bo'lsa, boshqalari bir zumda o'yinga moslashib ketadi. Bu juda katta farq.

Donnarumma Frantsiya chempionatlari, Chempionlar Ligasi va Evropa chempionatlarida ko'plab o'yinlarni o'tkazgan.

Uning qanday xarakterga ega ekanligini hamma biladi", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.