Gvardiola Chempionlar ligasi tarixidagi o'yinlar soni bo'yicha Fergyusonni ortda qoldirib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Pep Gvardiola bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasidagi o'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
«Manchester Siti»ning «Real»ga qarshi bugungi o'yini ispaniyalik mutaxassis uchun turnirdagi 191-uchrashuv bo'ldi. Fergyuson hisobida esa 190 ta o'yin mavjud.
Ulardan faqat bir nafar murabbiy — Karlo Anchelotti oldinda bormoqda. Italiyalik mutaxassis jami 218 ta o'yin o'tkazgan.