"Manchester Siti" o'z muxlislarini xursand qildi, Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa o'z uyida "Vest Xem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Siti" murabbiyi agar "bolg'achilar" farqni bitta golgacha qisqartirganida edi, yakunda ham vaziyatni qayta tiklay olishlariga ishonadi.

"Agar "Vest Xem" hisobni 1:2 qilganida, uni 2:2'ga olib kelish oson bo'lardi, qasam ichaman! Ishoning.

Men kelajakni biladigan sehrgar emasman, lekin bu sodir bo'lar edi", dedi Gvardiola.