"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola amaldagi Premer-liga chempioni "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Shaharliklar" bugun o'z uyida "qizillar"ni qabul qilishadi.

"Biz chempionlar bilan o'ynayapmiz. "Liverpul" chempion, "Arsenal" esa chempion emas. Ular bu erga o'z chempionligini himoya qilish uchun kelishmoqda.

Bu bizning darajamizni ko'rsatish uchun imkoniyatdir. Men o'yinni juda intiqlik bilan kutyapman", dedi murabbiy.