Gvardiola "Borussiya D"ga qarshi EChL o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi yaqinlashib kelayotgan Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
«Shaharliklar» va «asalarilar» o'rtasidagi uchrashuv Angliyada 5 noyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
«Oldimizda Chempionlar ligasida 2 ta navbatdagi uy o'yini bor — bu bizga pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat. “Borussiya”ga qarshi bahs juda, juda muhim. Shu o'yindan so'ng xalqaro tanaffus oldidan “Liverpul”ga qarshi bo'ladigan so'nggi bahs haqida o'ylashimiz mumkin bo'ladi», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirgan BBC nashri.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasida o'z maydonida «Bornmut»ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.