Gvardiola: "Bizda Donnarumma borligidan juda xursandmiz"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yana bir bor Janluiji Donnarummani o'z safiga qo'shib olgani haqida gapirdi.
Italiyalik futbolchi "shaharliklar" safida "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida debyut qildi. Uchrashuv Gvardiola jamoasining 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
"Biz katta tajribaga ega futbolchini qo'lga kiritganimizni bilamiz. Ayniqsa, u o'tgan mavsumda "PSJ"da o'zini ko'rsata oldi. Janluiji Premer-ligada o'z kuchini sinab ko'rganidan xursand, u bu sarguzashtdan zavq olmoqchi. Uning bizga o'tishga qaror qilgani juda yaxshi bo'ldi. Bizda shunday futbolchi borligidan juda xursandmiz," - deya ispaniyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi "Gazeta.Ru."