Gvardiola: "Bernardu menga ketish haqida hech narsa aytmadi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa sardori Bernardu Silvaning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
Portugaliyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga etadi.
Mish-mishlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi ketish haqida jiddiy o'ylamoqda. "Bernardu menga kelajagi haqida hech narsa demadi.
U bizning sardorimiz, biz uni juda yaxshi ko'ramiz, lekin u shaxsan menga hech narsa aytmadi", - dedi Gvardiola Chempionlar ligasi doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (2:0) OAV bilan suhbatda.