"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola jamoasining "Bayer"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Gvardiola mag'lubiyatda javobgarlikni o'z zimmasiga oldi. Ispaniyalik murabbiyning aytishicha, uning jamoasiga qandaydir o'yin detallari etishmagan.

"Mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Tarkibda ajoyib futbolchilar maydonga tushdi, ammo nimadir, qandaydir detallar etishmadi. "Bayer" bizga qarshi yaxshi ko'rindi. Umuman olganda, biz ham yomon harakat qilmadik va ko'proq vaziyatlar yaratdik. Ammo bundan foydalanishning oshirishning iloji bo'lmadi," - dedi Gvardiola.