Gvardiola "Bayer"ga qarshi o'yinda ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qildi: "Bu men uchun yaxshi dars bo'ldi"

Hafta davomida "Manchester Siti" Chempionlar ligasida o'z maydonida "Bayer"ga 0:2 hisobida yutqazdi. Juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Xosep Gvardiola ushbu natija haqida gapirdi. U maydonga tushgan o'yinchilarni tanqid qildi.
"Biz shunchaki harakat qilmadik. Maydonga tushayotganda sinab ko'rish va g'alaba qozonishga harakat qilish kerak. Shu xolos. Ha, menda rotatsiya nazariyasi bo'lishi mumkin. Tarkibni biroz almashtiril kerak, busiz jismoniy holatni saqlab bo'lmaydi. Ammo men jamoaga ishonaman va futbolchilarni juda qadrlayman. Balki men ularni o'zlaridan ko'ra ko'proq qadrlarman. Bu men uchun murabbiy sifatida yaxshi dars bo'ldi, kelajak uchun foydali dars bo'ldi," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
29 noyabr, shanba kuni "Manchester Siti" Premer-ligada "Lids"ni qabul qiladi.