"Manchester Siti" Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan Xosep Gvardiola jamoasi 7 ochko ortda qolmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "kanonirlar" bilan oradagi farq haqidagi savolga javob berdi.

"Yaqin haftalarga kelsak, menda har doim tajriba bor - faqat yaqinlashib kelayotgan o'yin haqida gapirish, keyin esa ko'ramiz. Bilaman, orada katta farq mavjud. "Arsenal" juda kuchli va o'yindan-o'yinga yaxshilanib bormoqda," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

29 noyabr, shanba kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasidagi "Lids"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.