"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning shanba kungi "Vulverxempton"ga qarshi o'yini oldidan "Arsenal" bu mavsumda "shaharliklar"ga chempionlik uchun kurashish imkoniyatini berishiga umid qilayotganini ta'kidladi.

"Chempionlar Ligasi, Premer-Liga, Angliya Kubogi va Liga Kubogini ko'ring. Ular hozirda dunyodagi eng yaxshi jamoa. "Manchester Siti" yaxshiroq bo'lishi kerak va ular bizga ularga etib olish uchun bir imkoniyat berishlariga umid qilish kerak", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi The Sun.

"Manchester Siti" - "Vulverxempton" uchrashuvi 24 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tadi.

"Arsenal" 50 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 43 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.