Gvardiola «Arsenal» bilan o'yin oldidan Liga Kubogi finalini yodga oldi

Yakshanba kuni Angliya Premer-ligasida markaziy bahs — «Manchester Siti» va «Arsenal» to'qnashuvi bo'lib o'tadi. «Shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Agar biz Liga Kubogi finalining ikkinchi bo'limidagidek barcha 95 daqiqa davomida o'ynasak, «Arsenal» esa o'sha finalning ikkinchi bo'limidagidek harakat qilsa, biz g'alaba qozonamiz. Futbol, albatta, oldindan aytib bo'lmaydigan o'yin, ammo bunday holatda biz g'alabaga yaqinroq bo'lamiz. Biz istayotgan narsa ham aynan shu.
Men Mikelni yaxshi bilaman. Ular nimalarnidir o'zgartirishadi va biz bunga tayyor turishimiz kerak. Ushbu uchrashuvga qanday yondashishni bilamiz. Liga Kubogi muhim, ammo Premer-liga — ancha muhimroq», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, mart oyida bo'lib o'tgan Liga Kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.