Gvardiola Akanji va Savinoning kelajagi haqida gapirdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Manuel Akanji va Savinoning jamoadan ketishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasman. Ular bizning futbolchilar. Ko'ramiz, nima bo'larkan? O'ylashimcha, nimadir o'zgarish sodir bo'ladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Gvardiola xabarlarni tasdiqlamadi va shu bilan birga inkor ham qilmadi. Yakunda nimadir bo'lishiga ham ishora qilib qo'ydi.