«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Arsenal» muxlislarining «Mikel Artetaga chempionlikni bering» degan chaqiriqlariga javob qaytardi.

«Unga chempionlikni bering? Bu xayriya emas, bu — Premer-liga. Menga hech kim hech narsa sovg'a qilmagan — barchasini o'zim olganman. Agar Arteta titulni istasa, u meni qaerdan topishni biladi. Ammo mendan chetga chiqib turishimni so'ramang, go'yoki men charchagandek… Men g'alaba qozonishdan charchaganim yo'q.

Aytishyaptiki, «Arsenal» chempionlikka loyiq. Loyiq — nima uchun? Ikkinchi o'rinni chiroyli egallagani uchunmi? Sovrinlar achinganlik uchun berilmaydi. Sizlar mening yana g'alaba qozonishimni istamaysizlarmi? Unda meni to'xtatinglar. Hammasi juda oddiy», — dedi Gvardiola CentreGoalHQ portaliga.

Hozirda Manchester jamoasi «to'pchilar» bilan Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurash olib bormoqda. Ayni paytda Gvardiola shogirdlari 33 ta o'yindan so'ng 70 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. «Arsenal» esa 34 uchrashuvdan keyin 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Manba: championat.com