"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol sevimli chap qanot himoyasiga qaytgani haqida fikr bildirdi. Xorvatiyalik futbolchi Chempionlar ligasining "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (2:0) aynan shu pozitsiyada harakat qilgandi.

"O'z o'rnimga qaytganimdan xursandman. Bu erda men hech narsani o'ylab topishim shart emas, shunchaki o'ynashim va darvozani himoya qilishim kerak. Ko'rinib turibdiki, bu mavsumda biz o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'ymoqdamiz, ammo bu haqda gapirishga hali erta. Oldinda uzoq mavsum bor," - deya Gvardiolning so'zlarini keltiradi City Report.

Joriy mavsumda 23 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.