"Jamoada muammolar yuzaga kelganda, doimo yulduz futbolchilarni ayblashadi, go'yoki hammasi u yoki bu o'yinchining aybidek ko'rsatiladi. Men ularning birgalikda o'ynay olishiga ishonaman - ular istalgan jamoa o'z safida ko'rishni orzu qiladigan eng yuqori saviyadagi futbolchilardir.

Ehtimol, hozir Vinisius "Real" muxlislari kutgan darajadagi sport formasida emasdir. Uning faoliyatida ajoyib mavsumlar bo'lgan. Ayni damda u o'zining eng yaxshi holatida emas, biroq barcha uning avvalgi saviyasiga qaytishini kutmoqda", – dedi Guti “El Chiringuito” efirida.

1.jpg

26 yoshli braziliyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

9 turdan so'ng "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 21 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi. Madridliklar 25 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida "Barselona"ga qarshi "El Klasiko"da maydonga tushadi.