Guti: "Faoliyatingni tugatayotib, qanday dunyoga tushib qolganini tushunmaysan"

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Guti futbolchilar uchun faoliyatini yakunlagandan so'ng real dunyoga qaytish qiyinligini aytdi.
"Ba'zan kimdir seni to'xtatib, suratga tushishni so'raydi. Ammo o'ynashdan to'xtaganingdan so'ng hayoting o'zgaradi. Sen turgan bulut yorilib ketadi, sen pastga qulaysan va bu yiqilishdan keyin ikki yoki uch yil davomida qaerda ekanligingni va qanday dunyoga tushib qolganingni hali ham tushunmaysan. Faqat keyinroq bu real dunyo ekanligini anglab etasan.
Bu hammamiz yashaydigan hayot. "Real" yoki "Barselona"da bo'lganingda, erga tushmaysan. Qachondir pastga tushishingga to'g'ri keladi, chunki odamlar bilan muloqot qilasan. Lekin sen pufak ichida yashaysan va bu aql bovar qilmaydigan darajada. Bulut ustida yashash ham senga yoqishi mumkin. Bu juda ajoyib", — dedi Guti Imagin podkastida.