Gullit: "Hozirgi futbol zerikarli bo'lib qoldi, menga Lamin Yamal kabilar kerak"

Italiyaning "Milan" klubi va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yulduzi Ruud Gullit bugungi futboldan norozi. Uning fikricha, futbol tobora taktik va faqat jamoaviy o'yinga aylanib bormoqda — Ruudga esa Lamin Yamal kabi yorqin individual mahorat egalari ko'proq yoqadi.
"Lamin Yamal kabi o'yinchilar tobora kamayib bormoqda — u bir o'zi bir nechta raqibni aldab o'ta oladigan inson. Bugun esa hamma faqat pas beradi, pas beradi va yana pas beradi", — deya Gullitning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Gullit Niderlandiya terma jamoasi o'z tarixidagi yagona yirik sovrin — Evro-1988 musobaqasida g'olib chiqqanda jamoa etakchilaridan biri bo'lgan edi.