Rossiyalik mashhur sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniev JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidagi Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvidan keyin portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu haqida keskin fikr bildirdi.

Ushbu bahsda Ronaldu dubl muallifi bo'lib, Portugaliya terma jamoasi O'zbekistonni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Guberniev o'zining Telegram kanalida Ronalduni «sobiq g'o'la» deb atab, uning haqiqiy sinovi hali oldinda ekanini ta'kidladi.

— Aytgancha, sobiq g'o'la Ronaldu hali o'zini salbiy tomondan ham ko'rsatadi, raqiblar jiddiyroq bo'lganda! Buni futbolni chuqur tushunadigan barchamiz yaxshi bilamiz! — deb yozdi Guberniev.

Manba: Stadion.uz