Gruziya Ispaniyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi va JCh-2026 yo'llanmasidan mahrum bo'ldi

Gruziya terma jamoasi JCh-2026 saralashida o'z maydonida Ispaniyaga yirik hisobda yutqazib qo'ydi - 0:4. O'yin Tbilisida bo'lib o'tdi.
Ikkita gol va golli uzatma Mikel Oyarsabal hisobiga yozildi, bittadan golga Martin Subimendi va Ferran Torres mualliflik qildi.
Parallel kechgan o'yinda Turkiya o'z maydonida Bolgariyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Penaltini Xakan Chalxano'g'li aniq amalga oshirdi, Atanas Chernev avtogol muallifiga aylandi.
Ispaniya beshta o'yinda beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 15 ochko bilan E guruhi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Turkiya (12) - ikkinchi o'rinda. Gruziya (3) JCh-2026da ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bolgariya (0) jadvalni yakunlab turibdi.