Gruziya bosh murabbiyi: «Pedrini shamol uchirib ketadigandek ko'rinadi»

Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Villi Sanol Ispaniyaga (0:2) qarshi o'yindan keyin Pedrining o'yinidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Ispanlar o'z maydonida Yeremi Pino va Mikel Oyarsabalning gollari evaziga ustun keldi. Pedri 74-daqiqagacha o'ynadi, shundan so'ng u Pablo Barriosga almashtirildi.
"Pedri shunday engil ko'rinadiki, uni shamol uchirib ketishi mumkindek, ammo bu uning dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. U juda aqlli, har doim jamoa manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yadi," - deya Sanolning so'zlarini keltiradi The Touchline.
"Barselona"ning 22 yoshli xavbeki Ispaniya terma jamoasi safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 5 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.