Gruhda 3-o'rinni olgan jamoalardan faqat Paragvay JCh 1/8 finaliga yo'l oldi

Paragvay terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida 3-o'rinni egallab, musobaqaning 1/8 finaliga etib kela olgan yagona jamoaga aylandi.
Turnir ishtirokchilari soni 48 tagacha kengaytirilgani sababli, pley-off bosqichiga 32 ta jamoa yo'l oldi — bular guruhlarda 1-o'rinni egallagan 12 ta jamoa, 2-o'rinni band etgan 12 ta jamoa va 3-o'rin sohiblari orasidan eng yaxshi natija ko'rsatgan yana 8 ta jamoadir.
Paragvayliklar 3-o'rinni olgan jamoalar reytingida 7-o'rinni band etgan edilar, biroq ular 1/16 final bosqichida Germaniya terma jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'lishdi (1:1, penaltilar bo'yicha — 4:3).
Ushbu ro'yxatdagi qolgan barcha terma jamoalar — DR Kongo, Shvetsiya, Gana, Ekvador, Bosniya va Gertsegovina, Jazoir hamda Senegal 1/16 finaldayoq JCh bilan xayrlashishdi.
Endi 1/8 finalda Paragvay terma jamoasi Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar