Grizmanning Amerikadagi maoshi ma'lum

Hujumchi Antuan Grizmann «Orlando Siti»da yiliga taxminan 10 million evro maosh oladi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar bermoqda.
Xokins ushbu summa soliqlar hisoblangunga qadarmi yoki undan keyingi toza daromadmi — bunga aniqlik kiritmagan. Capology ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Grizmann La Ligada soliqlar bilan birga yiliga 9,38 mln evro (soliqlardan tashqari — 4,5 mln evro) maosh olmoqda.
Avvalroq 35 yoshli frantsuz MLS klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'lgan edi. U «Orlando Siti» safiga joriy mavsum yakunlanganidan so'ng borib qo'shiladi.
Ushbu mavsumda Grizmann La Liganing 26 ta o'yinida 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.