Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann "Real"ga qarshi o'yinda jamoa uchun o'zining yubiley 200-golini urdi.

U bu voqeaga Instagram sahifasida munosabat bildirdi.

"Men bu klubda tarix yozishni davom ettirmoqchiman va umid qilamanki, mening 200-golim jamoaga yordam beradi va bu meni yanada xursand qiladi", - dedi 34 yoshli frantsuz.

Antuanning shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.