Grizmann safdan chiqdi

Madridning "Atletiko" klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Antuan Grizmann jarohat sabab safdan chiqdi.
Frantsuz futbolchisi juma kungi mashg'ulotlarda jarohat oldi. Tekshiruv natijasida 34 yoshli frantsuzda chap son mushaklarining engil shikastlanishi aniqlangan. "Matraschilar" Antuanning tiklanish muddatini oshkor qilishmayapti.
2025/2026 yilgi mavsumda Antuan Grizmann 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.