Grizmann: «Biz hali ham kurashdamiz, raqibning kimligi esa muhim emas»

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoaning Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqanidan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Seshanba kuni «matraschilar» o'z uylarida «ko'k-anorranglilar»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2), biroq ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:2) baribir keyingi bosqichga yo'l olishdi. «Kamp Nou»da kechgan dastlabki bahsdagi 2:0 hisobidagi g'alaba hammasini hal qildi.
«Men juda xursandman. Bunday darajadagi o'yinlarda ikkita xato qimmatga tushishi mumkin. Ikkinchi vaziyatda men o'z pozitsiyamda bo'lmadim va to'pni yo'qotdim. Keyinchalik muxlislarning qo'llab-quvvatlashi va mahoratimiz evaziga gol urishga muvaffaq bo'ldik.
Keyingi bosqichda kimga qarshi o'ynashimizning ahamiyati yo'q. Eng muhimi — biz hali ham kurashdamiz. Bugun juda ajoyib va juda qiyin o'yin bo'ldi, chunki biz juda kuchli harakat qiladigan fantastik jamoaga qarshi to'p surdik. Oson bo'lmadi, lekin biz uddaladik», – deya Grizmannning so'zlarini keltiradi UEFA.