Grizmann "Atletiko" uchun yubiley golini kiritishga yaqin turibdi

Antuan Grizmann "Atletiko" safidagi gollari sonini 200 taga etkazib olishga yaqin turibdi.
Frantsiyalik futbolchi La Liganing 7-turi doirasida bugun o'tkazilgan derbida "matraschilar"ning "Real" darvozasiga kiritgan 5-goli muallifi bo'ldi.
Bu gol Grizmannning "Atletiko" safidagi 199-goli bo'ldi. U klub tarixidagi eng samarali hujumchi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda turgan Luis Aragonesning hisobida 159 ta gol bor.
Grizmann 2014 yildan 2019 yilgacha "Atletiko"da o'ynagan. "Barselona"dagi faoliyatidan so'ng u 2021 yilda Madrid jamoasiga qaytib keldi.