Grizmann Argentina va Ispaniya o'rtasidagi JCh-2026 finali haqida fikr bildirdi

Madridning «Atletiko» klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antuan Grizmann 19 iyul kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionati finalidan kutishlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 iyul kuni soat 23:59 da boshlanadi.
«Finalda mening ko'plab sobiq jamoadoshlarim ishtirok etadi. Adashmasam, besh nafari Argentinadan va uch nafari Ispaniyadan. Men ularning barchasiga omad tilayman, ammo xabar yozmayapman — biror omadsizlik keltirib qo'ymaslik uchun», — dedi Grizmann TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
«Ispaniya Frantsiyani mag'lub etganidan keyin Markos Lorente bilan biroz suhbatlashdim. U juda baxtiyor edi. Butun Ispaniya xursand. Barcha finalchilar bu tajribadan zavq olishlari kerak, chunki bunday holat boshqa takrorlanmasligi mumkin», — deya qo'shimcha qildi u.
Eslatib o'tamiz, ushbu yozda frantsiyalik hujumchi «Atletiko»ni tark etib, «Orlando Siti» safiga o'tgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar