"Marsel" rasmiy veb-saytida bir nechta futbolchilarning holati haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Ta'kidlash joizki, hujumchi Meyson Grinvudning chap oyoq mushaklaridan jarohat olgani aniqlangan.

Angliyalik futbolchining holati har kuni kuzatib boriladi. 2025/2026 yilgi mavsumda Grinvud 39 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Meysonni 50 million evroga baholamoqda.