«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud Evropaning uchta grand klubi qiziqishlar doirasiga tushdi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «PSJ», «Yuventus» va Madridning «Atletiko» klublari da'vogarlik qilmoqda.

«Provansalliklar» ingliz futbolchisining sotuvidan taxminan 80-90 million evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda, biroq ushbu summaning yarmi hujumchining jonajon klubi — «Manchester Yunayted»ga tegadi.

Grinvud joriy mavsumda «Marsel» libosida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Meysonning frantsuz klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.