"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvud shanba kuni bo'lib o'tgan Liga 1 doirasidagi "Gavr"ga (6:2) qarshi o'yinda poker qayd etdi.

24 yoshli futbolchi 35-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 67- va 76-daqiqalarda yana uch bor gol urib, maydon egalarining ustunligini yirik ko'rinishga olib keldi. "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda Evropaning beshta etakchi ligalaridan birida to'rtta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, Grinvudga qadar Liga 1da faqat "Marsel"ning bir vakili - Jan-Per Papen (1991 va 1989 yillarda) poker qayd etgan.

Angliyalik hujumchining hisobida Frantsiya chempionatining joriy mavsumida o'tkazilgan sakkizta uchrashuvda oltita gol va uchta assist bor.