"Marsel" Frantsiya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "Nitstsa"ga qarshi bahsda 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Per-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim o'rtalarida Meyson Grinvud mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo'lim boshida Grinvud dubl qayd etgan bo'lsa, Obameyang Timoti Veaga assistentlik qildi. 63-daqiqada "burgutlar" oradagi farqni bittaga qisqartirishdi - Muhammad Ali-Sho o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. O'yin oxirida Igor Payshao provansalliklarga 4 ta to'p farqi bilan ustunlikni qaytardi. Unga yana Obameyang assist berdi.

"Marsel" ochkolarini 28 taga etkazib, turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi, ammo "PSJ"da hali bitta zaxira o'yini bor. "Nitstsa" 17 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.

Frantsiya chempionati. Liga1. 13-tur
21 noyabr, 23:45. «Allianz Riviera» (Nitstsa)
Nitstsa - Marsel - 1:5
Gollar: Obameyang, 11 (0:1). Grinvud, 33 (0:2). Grinvud, 53 (0:3). Vea, 58 (0:4). Sho, 63 (1:4). Payshao, 74 (1:5)
Nitstsa: Diuf, Ba, Pepra Oppong (Abdi, 68), Mendi, Vanxutte, Abdul Samed (Sanson, 67), Bard, Kloss, Diop (Yansson, 77), Moffi (Boga, 68), Sho (Nguene, 77)
Marsel: de Lange, Balerdi (Igan-Rayli, 77), Pavar, Emerson, Vea, Vermeren, Kondogbya (O`Rayli, 70), Gomesh (Nadir, 70), Payshao (Mopey, 89), Grinvud, Obameyang (Vaz, 77)
Ogohlantirishlar: Mendi, 14. Abdi, 37 - Ruli, 37. Kondogbya, 45

Manba: www.stadion.uz.